Kriptolarni qabul qilish uchun quyidagi oddiy bosqichlarni bajaring:
Paynet ilovasini oching va “Servislar” → “Kripto-hamyon” bo‘limiga kiring.
“Operatsiyalar” tugmasini bosing va “Qabul qilish” ni tanlang.
Kerakli kripto aktivni tanlang.
Qabul qilish oynasida quyidagilar ko‘rinadi:
QR-kod - uni boshqa qurilma bilan skan qilib, yuboruvchi hamyon yoki birjada sizning manzilingizni avtomatik kiritish mumkin;
Manzil (address) - uni osongina nusxalab, yuboruvchiga jo‘natishingiz mumkin.
Skan qilinganda sizning noyob manzilingiz yuboruvchi hamyonda avtomatik paydo bo‘ladi - bu qo‘lda kiritishdagi xatolarni oldini oladi.
Tranzaksiya muvaffaqiyatli yakunlangach, balansingiz avtomatik yangilanadi, telefoningizga esa tasdiqlovchi bildirishnoma keladi.
💰 Turlar:
Off-chain - CityPay foydalanuvchilari o‘rtasida tranzaksiya darhol va komissiyasiz (0%) amalga oshiriladi.
On-chain - bu standart blokcheyn tranzaksiyasi bo‘lib, tarmoq komissiyasi oli
Muhim: Har doim manzil va tanlangan tarmoq to‘g‘ri ekanini tekshiring.
Agar kripto noto‘g‘ri manzilga yoki noto‘g‘ri tarmoqqa yuborilsa, uni qaytarib bo‘lmaydi.
