CityPay hamyoniga kirish uchun xavfsiz va barcha servislarga to‘liq ruxsat beruvchi ro‘yxatdan o‘tish va verifikatsiya jarayonini bajarish kerak.
Verifikatsiya hamkor platformamiz MyID orqali o‘tkaziladi - u hujjatlaringiz va biometrik ma’lumotlaringizni avtomatik tekshiradi.
Ro‘yxatdan o‘tishni boshlash uchun ekrandagi ko‘rsatmalarga amal qiling.
E-mail kiritish: mos maydonga amaldagi elektron pochta manzilingizni kiriting.
Parol yaratish: quyidagi talablarga mos ishonchli parol o‘ylab toping:
kamida 8 ta belgi
katta va kichik lotin harflari
kamida bitta raqam
kamida bitta maxsus belgi (masalan: !, %, &, #, $, *, +, -, ., /, :, <, >, =, ?, @, ^, _, `, {, |, }, ~).
Parolni takrorlash: “Parolni takrorlang” maydoniga xuddi shu parolni yana bir bor kiriting. Parollar mos kelishini tekshirish uchun “ko‘zcha” belgisidan foydalanib matnni ko‘rishingiz mumkin.
“Register” tugmasi: barcha maydonlar to‘ldirilib, shartlarga rozilik bildirgach, ko‘k “Register” tugmasini bosing.
OTP tekshiruvi: ko‘rsatilgan e-mail manzilingizga 4 xonali bir martalik kod (OTP) keladi. Uni tegishli maydonga kiriting va elektron pochtani tasdiqlang.
Ro‘yxatdan o‘tishni yakunlash: OTP muvaffaqiyatli tasdiqlangach, ro‘yxatdan o‘tish tugaydi va siz verifikatsiya bosqichiga o‘tasiz.
Verifikatsiya quyidagilarni o‘z ichiga oladi: pasport yoki ID-kartani yuklash va KYC so‘rovnomani to‘ldirish. Unda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
shaxsiy ma’lumotlar;
hamyon ochishdan ko‘zlangan maqsad;
daromad manbai;
faoliyat sohasi va lavozingiz;
biznes turi;
umumiy oylik daromadingiz;
kutilayotgan oylik aylanma.
Hujjatni yuborish
Ekranda ochiladigan ro‘yxat paydo bo‘ladi. Hujjatni bergan davlatni tanlang.
Hujjat turini belgilang:
ID-karta
Pasport
“Davom etish” tugmasini bosing.
Ko‘rsatmalar bilan tanishing va kameraga ruxsat bering.
Ekranda maslahat chiqadi: “Iltimos, hujjat kamerada aniq ko‘rinayotganiga ishonch hosil qiling.”
ID-karta yoki pasportni barcha ma’lumotlar ko‘rinadigan tarzda tuting.
Ko‘rsatmalarga binoan hujjatning old va orqa tomonini namoyish qiling yoki fotosuratlarni yuklang.
Yuklash muvaffaqiyatli tugagach, tizim yuzni tasdiqlash (Face ID) jarayonini taklif qiladi.
Yuzni tasdiqlash jarayoni
Yuzingizni kamera oldiga to‘g‘ri joylashtiring va ko‘rsatmalarga amal qiling (masalan, boshni burish, jilmayish yoki oddiy harakatni bajarish).
Yuzingiz yaxshi yoritilganiga va aniq ko‘rinayotganiga ishonch hosil qiling.
Aksesuarlarni yeching: qalpoq, ko‘zoynak, niqob.
So‘ng KYC so‘rovnomani to‘ldiring.
Barcha bosqichlar tugagach, ariza CityPayga tekshirish uchun yuboriladi. Ko‘rib chiqish vaqti holatga bog‘liq - natija haqida bildirishnoma olasiz.
Verifikatsiya muvaffaqiyatli yakunlansa, siz tasdiq olasiz va CityPay’ning barcha servislaridan foydalanishingiz mumkin bo‘ladi.
Agar verifikatsiya rad etilsa, CityPay bildirishnomada rad etish sababini ko‘rsatadi.
⚠️ agar foydalanuvchi verifikatsiya jarayonini (masalan, moliyaviy so‘rovnomani) to‘xtatib qo‘ysa, uni xuddi o‘sha kuni davom ettirish kerak. Aks holda, keyinroq qaytganingizga jarayonni boshidan - shaxsni tasdiqlashdan boshlashga to‘g‘ri keladi.
