Paynet kripto-hamyondan kripto-aktivlarni yuborish uchun quyidagi bosqichlarni bajaring:
Paynet ilovasini oching va kripto-hamyonni tanlang.
Yubormoqchi bo‘lgan crypto aktivni tanlang.
“Send” tugmasini bosing.
Yangi oynada quyidagi ma’lumotlarni ko‘rasiz:
Tanlangan kripto-aktiv va sizning joriy balansingiz.
“To” maydoni - kripto-aktiv yubormoqchi bo‘lgan hamyon manzilini kiriting yoki joylashtiring.
Chap tomonda QR skaner mavjud bo‘lib, boshqa qurilmadan manzilni tez skanerlash imkonini beradi.
Pastda yuboriladigan summani kiritish uchun maydon mavjud.
Yuborish mumkin bo‘lgan minimal summa 10 USDT ekvivalentiga teng.
Tizim har doim quyidagilarni ko‘rsatadi:
Minimal yuborish summasi (tarmoq komissiyasi bilan birga).
Maksimal yuborish summasi (sizning mavjud balansingiz).
Barcha maydonlarni to‘ldirgandan so‘ng “Continue” tugmasini bosing.
Yuborishni tasdiqlaganingizdan so‘ng ekranda quyidagilar ko‘rsatiladi:
Yuborilgan kripto-aktiv summasi
Tranzaksiya sanasi va vaqti
Tranzaksiya ID (TxID) - blokcheynda tekshirish uchun
Komissiya miqdori (masalan, off-chain tranzaksiya uchun 0.00)
Komissiyalar:
CityPay foydalanuvchilari o‘rtasida (off-chain): Tranzaksiya darhol amalga oshiriladi va komissiyasiz (0%).
Blokcheyn orqali (on-chain): Faqat tarmoq komissiyasi olinadi va u tarmoq yuklamasiga bog‘liq.
⚠️ Tasdiqlashdan oldin har doim manzil va tanlangan tarmoq to‘g‘ri ekanini tekshiring. Noto‘g‘ri manzilga yoki noto‘g‘ri tarmoqqa yuborilgan kripto-aktivlarni qaytarib bo‘lmaydi.
