К основному содержимому

Paynet’da boshqa kripto-hamyondan kripto-aktivlarni qanday qabul qilish mumkin?

Обновлено больше недели назад

Kripto-aktivlarni qabul qilish uchun quyidagi oddiy bosqichlarni bajaring:

  1. Paynet ilovasini oching va “Xizmatlar” → “Kripto-hamyon” bo‘limiga kiring.

  2. “Yana” tugmasini bosing va “Qabul qilish” ni tanlang.

  3. Kerakli kripto-aktivni tanlang.

  4. Qabul qilish oynasida quyidagilar ko‘rinadi:

    • QR-kod - uni boshqa qurilma bilan skan qilib, yuboruvchi hamyon yoki birjada sizning manzilingizni avtomatik kiritish mumkin;

    • Manzil (address) - uni osongina nusxalab, yuboruvchiga jo‘natishingiz mumkin.

  5. Skan qilinganda sizning noyob manzilingiz yuboruvchi hamyonda avtomatik paydo bo‘ladi - bu qo‘lda kiritishdagi xatolarni oldini oladi.

  6. Tranzaksiya muvaffaqiyatli yakunlangach, balansingiz avtomatik yangilanadi, telefoningizga esa tasdiqlovchi bildirishnoma keladi.

💰 Turlar:

  • Off-chain - CityPay foydalanuvchilari o‘rtasida tranzaksiya darhol va komissiyasiz (0%) amalga oshiriladi.

  • On-chain - bu standart blokcheyn tranzaksiyasi bo‘lib, tarmoq komissiyasi olinadi.

Muhim: Har doim manzil va tanlangan tarmoq to‘g‘ri ekanini tekshiring.
Agar kripto-aktivlar noto‘g‘ri manzilga yoki noto‘g‘ri tarmoqqa yuborilsa, uni qaytarib bo‘lmaydi.

Нашли ответ на свой вопрос?