Agar siz kritpo-aktivlarni yubora olmayotgan bo‘lsangiz, bu ko‘pincha balans yetarli emasligi yoki tarmoq komissiyasi miqdori bilan bog‘liq bo‘ladi.
Sabablari:
Balans yetarli emas:
Hamyoningizdagi balans tanlangan kripto-aktiv yoki tarmoq uchun belgilangan minimal yuborish summasidan past bo‘lishi mumkin.Har bir tarmoqning o‘z minimal yuborish limiti mavjud.
Komissiya uchun mablag‘ yetarli emasligi:
Kripto-aktivlarni yuborishda blokcheyn tarmog‘i tomonidan komissiya (network fee) olinadi.Agar qoldiq mablag‘ komissiya miqdoridan kam bo‘lsa, operatsiya amalga oshirilmaydi.
Nima qilish kerak:
Balansingiz minimal yuborish summasidan yuqori ekanligiga ishonch hosil qiling.
Komissiyasi pastroq bo‘lgan boshqa tarmoqni tanlab ko‘ring (masalan, TRON - TRC20 odatda tarmoq komissiyasi balandroq bo‘ladi).
Agar muammo saqlanib qolsa, citypay.uz saytidagi chat orqali CityPay qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling — sizga yordam beramiz.
⚠️Tarmoq to‘lovlari blokcheyn tarmog‘ining yuklamasiga qarab o‘zgarib turadi.
