Kripto-aktivlarni sotish funksiyasi - kripto-aktivlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri UZS (so‘m)ga tez va xavfsiz tarzda ayirboshlash imkonini beradi.
Qanday amalga oshiriladi:
Paynet ilovasini oching va Kripto-hamyonga o‘ting.
Sotish tugmasini bosing.
Miqdor(Amount) maydoniga ayirboshlamoqchi bo‘lgan kripto-aktiv miqdorini kiriting.
Minimal miqdor: 1$ ekvivalenti.
Sotmoqchi bo‘lgan kripto-aktivni tanlang.
Valyuta kursini va olishingiz kutilayotgan taxminiy summani tekshiring.
Mablag‘ni o‘tkazmoqchi bo‘lgan kartani tanlang (UzCard yoki Humo).
Barcha ma’lumotlarni yana bir bor tekshirib, tranzaksiyani tasdiqlash uchun "Davom etish"(Continue) tugmasini bosing.
Tasdiqlangandan so‘ng, fiat mablag‘ kartangizga o‘tkaziladi.
Komissiya
Tanlangan kripto-aktivlar miqdorining 2%.
Muhim eslatmalar
Jarayonni boshlashdan oldin karta ma’lumotlari to‘g‘ri kiritilganligiga ishonch hosil qiling.
Ayirboshlash kursi operatsiya amalga oshirilayotgan paytda hisoblanadi va bozor sharoitiga qarab o‘zgarishi mumkin.
Kripto-tranzaksiyalari tasdiqlangandan so‘ng bekor qilinmaydi.
Agar mablag'lar bir necha daqiqa ichida hamyoningizda ko‘rinmasa, citypay.uz ga o'tib chat orqali Qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
