К основному содержимому

Mening kripto-hamyonim bloklangan

Обновлено больше недели назад

Agar sizning kripto-hamyoningiz bloklangan bo‘lsa, bu tizim profilingizda yuqori xavfli yoki shubhali faoliyat aniqlaganini anglatadi.

CityPay — litsenziyaga ega Virtual Aktivlar Xizmat Ko‘rsatuvchi (VASP) sifatida AML/CFT (pul yuvishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash) qoidalariga qat’iy rioya qiladi.

Sizning mablag‘laringiz xavfsizligini ta’minlash va amaldagi milliy hamda xalqaro standartlarga mos faoliyat yuritish maqsadida, tizim xavfli yoki shubhali operatsiyalar aniqlanganda hamyonni avtomatik tarzda vaqtincha bloklashi mumkin.

Nega hamyoningiz bloklangan bo‘lishi mumkin?

Hamyon quyidagi holatlarda bloklanishi mumkin:

  • Qimor yoki o‘yin platformalari bilan bog‘liq tranzaksiyalar amalga oshirilganda;

  • Shubhali yoki tasdiqlanmagan hamyonlarga mablag‘ yuborilganda yoki ulardan qabul qilinganda;

  • Darknet yoki boshqa yuqori xavfli xizmatlar bilan bog‘liq operatsiyalar aniqlanganda;

  • Takroriy muvaffaqiyatsiz yoki cheklangan tranzaksiyalar qayd etilganda;

  • AML/CFT tekshiruv jarayonlarini chetlab o‘tishga urinish holatlari aniqlanganda.

Profilingiz bloklanganda

  • Hisob komplaens tekshiruvi ostida bo'ladi.

  • Blokdan chiqarish yoki hisobda qolgan mablag'larni qaytarish(agar qo‘llanilsa) jarayoni 48 soat (2 ish kuni) gacha davom etishi mumkin.

  • Blokdan yechish kafolatlanmaydi, bu tekshiruv natijasiga va oldingi tranzaksiya faoliyatingizga bog‘liq.

Kelajakda bloklanishni oldini olish uchun

  • Barcha tranzaksiyalarni faqat ishonchli va tasdiqlangan hamyonlar orqali amalga oshiring.

  • Qimor, yuqori xavfli yoki tasdiqlanmagan platformalardan foydalanishdan saqlaning.

  • Operatsiyalarni shaffof va amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq tarzda bajaring.

  • CityPay Komplaens bo‘limi tomonidan qo‘shimcha ma’lumot yoki hujjatlar so‘ralganda, ularni o‘z vaqtida taqdim eting.

Нашли ответ на свой вопрос?