Paynet ilovasidagi kripto-hamyon qonuniymi?
Ha.
CityPay kripto-hamyoni Paynet ilovasida mavjud bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida kripto-aktivlar muomalasi sohasida litsenziyaga ega bo‘lgan «City Pay Gate» MChJ QK tomonidan xizmat ko‘rsatiladi. City Pay Gate O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (NAPP) tomonidan berilgan quyidagi litsenziyalar asosida faoliyat yuritadi:
— kripto-depozitariy CD №0004;
— kripto-do‘kon CS №0012.
O‘zbekistonda kripto-aktivlarni sotib olish va sotish qonuniymi?
Ha. Jismoniy shaxslar o‘z ehtiyojlari uchun kripto-aktivlarni O‘zbekiston Respublikasida litsenziyaga ega bo‘lgan milliy provayderlar orqali, qonunchilikda belgilangan tartibda sotib olishlari va sotishlari mumkin. Buning uchun foydalanuvchiga alohida litsenziya yoki maxsus ruxsatnoma talab etilmaydi.
