Asosiy kontentga oʻtish

Nega mening tranzaksiyam kechikmoqda?

Agar tranzaksiyangiz 30 daqiqadan ortiq vaqt davomida bajarilmasa, bu uning qo‘shimcha tekshiruv uchun Compliance tizimi tomonidan vaqtincha muzlatilganini anglatadi.

Bu O‘zbekiston Respublikasining AML/CFT (Pul yuvish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash) talablari asosida qo‘llaniladigan avtomatik xavfsizlik chorasi hisoblanadi.

CityPay virtual aktivlar xizmatlarini ko‘rsatuvchi litsenziyalangan provayder (VASP) bo‘lib, mijozlar xavfsizligini ta’minlash va noqonuniy faoliyatning oldini olish maqsadida har bir tranzaksiyani tekshiradi.

Nima uchun bu sodir bo‘ladi?

Tizim har bir chiqish tranzaksiyasi va qabul qiluvchi hamyon manzilini avtomatik ravishda tekshiradi.

Quyidagi toifalarga aloqador deb topilgan manzillarga yuborilayotgan tranzaksiyalar muzlatilishi yoki rad etilishi mumkin:

  • Qimor o‘yinlari bilan bog‘liq kripto-hamyonlar

  • Sanksiyalar ostidagi yoki qora ro‘yxatga kiritilgan tashkilotlar

  • Darknet platformalari

  • Mikserlar (mixers) yoki anonimlashtirish xizmatlari

  • Yuqori xavfli yurisdiksiyalar yoki shubhali tranzaksiya tarixiga ega manzillar

  • Avval firibgarlik yoki shubhali faoliyat bilan bog‘langan kripto-hamyonlar

Tranzaksiya muzlatilganini qanday bilish mumkin?

Agar mablag‘ 30 daqiqa ichida qabul qiluvchiga yetib bormagan bo‘lsa, tranzaksiya Compliance tekshiruvi uchun avtomatik ravishda muzlatilgan bo‘lishi mumkin.

Bunday tranzaksiyalarning har biri Compliance bo‘limi tomonidan alohida ko‘rib chiqiladi.

Mablag‘larni qaytarish jarayoni

Agar tekshiruv natijasida tranzaksiya rad etilsa, mablag‘lar odatda 24 soat (1 ish kuni) ichida CityPay hamyoningizga qaytariladi.

Biroq, quyidagilarni inobatga oling:

  • Mablag‘larni qaytarish har doim ham kafolatlanmaydi.

  • Qaytarish imkoniyati tranzaksiya turiga bog‘liq.

Bir nechta muzlatilgan tranzaksiyalar

Agar hisobingizda bir nechta muzlatilgan tranzaksiyalar aniqlansa, Compliance bo‘limi tomonidan chuqurroq tekshiruv o‘tkazilishi uchun hisobingiz vaqtincha bloklanishi mumkin.

Bunday holatlarda:

  • Hisobni ochish va mablag‘larni qaytarish 48 soat (2 ish kuni) yoki undan ko‘proq vaqt olishi mumkin.

  • Hisobni ochish va mablag‘larni qaytarish kafolatlanmaydi, chunki bu Compliance tekshiruvi natijalariga bog‘liq.

Muhim eslatmalar

  • CityPay AML/CFT tekshiruvidan o‘tmagan tranzaksiyalarni qo‘lda tasdiqlay olmaydi yoki ochib bera olmaydi.

  • Agar avvalgi qabul qiluvchi manzil rad etilgan bo‘lsa, boshqa hamyon manzilidan foydalanishingiz mumkin. Rad etilgan manzil qayta faollashtirilmaydi.

  • Ushbu choralar Sizning mablag‘laringizni himoya qilish, firibgarlikning oldini olish hamda milliy va xalqaro talablarga rioya qilish maqsadida qo‘llaniladi.

Bu savolingizga javob boʻldimi?