Asosiy kontentga oʻtish

Kripto-hamyon va kripto-tarmoq nima?

Kripto-hamyon

Kripto-hamyon - kripto-aktivlaringizga raqamli kirish vositasi. U yordamida siz quyidagi operatsiyalarni amalga oshirishingiz mumkin:

  1. Kripto-aktivlarni qabul qilish;

  2. Kripto-aktivlarni yuborish;

  3. Kripto-aktivlarni O‘zbekiston so‘miga sotib olish;

  4. Kripto-aktivlarni sotish va mablag‘ni O‘zbekiston so‘mini olish;

  5. Balansingizni xavfsiz va qulay tarzda boshqarish.

Kripto-tarmoq

Kripto-tarmoq - tranzaksiyalaringiz qayta ishlanadigan va saqlanadigan tizim. U blokcheyn texnologiya asosida ishlaydi va quyidagi ustuliklarni kafolatlaydi:

  • Himoyalangan — ma'lumotlar kriptografik usullar yordamida himoyalanadi.

  • Shaffof — barcha tranzaksiyalar blokcheynda ochiq tarzda qayd etiladi va tekshirilishi mumkin.

  • O‘zgartirib bo‘lmaydigan — blokcheynga yozilgan ma'lumotlarni keyinchalik o‘zgartirish yoki o‘chirib tashlash deyarli imkonsiz.

  • Markazlashmagan (decentralized) — bu tranzaksiyalar banklar yoki boshqa markaziy vositachilar ishtirokisiz, foydalanuvchilar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirilishini anglatadi.

Bu savolingizga javob boʻldimi?