Kripto-aktivlar huquqiy asosga
Bugungi kunda Oʻzbekistonda kripto-aktivlar sohasi qonuniy va rasman tartibga solinadi. Kripto-aktivlar huquqiy asosga, ixtisoslashgan tartibga soluvchi va litsenziyalash tizimiga ega boʻlgan toʻlaqonli sohaga aylanib boʻldi.
Kripto-industriya uchun huquqiy asos 2018 yilda yaratildi.
2018 yil 3 sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Oʻzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3926-sonli qarorni imzoladi. Aynan shu hujjat:
kripto-aktivlarni tartibga solinadigan sohaning bir qismi sifatida tan oldi,
raqamli texnologiyalarni rivojlantirish yoʻnalishini belgilab berdi,
qonuniy kripto-bozorni shakllantirish uchun boshlangʻich nuqtaga aylandi.
Keyinchalik mamlakatda maxsus tartibga soluvchi – Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi paydo boʻldi.
Bugun agentlik:
bozor ishtirokchilariga litsenziyalar beradi,
kompaniyalarga talablarni belgilaydi,
qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiladi.
Bu Oʻzbekistonda kripto-aktivlar bozori belgilangan qoidalar asosida ishlashini anglatadi.
Litsenziyalash bozorning asosiy elementi sifatida
Oʻzbekistonda kompaniyalar faqat tartibga soluvchining litsenziyasiga ega boʻlgan taqdirdagina kripto-aktivlar bilan ishlashi mumkin. Litsenziyaning mavjudligi kompaniyaning Oʻzbekiston Respublikasi hududida kripto-aktivlar aylanmasi sohasida qonuniy xizmat koʻrsatish huquqini tasdiqlaydi.
CityPay kripto-hamyoni Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va tarptibga soluvchi talablariga muvofiq ishlaydi.
Foydalanuvchilar uchun bu servisning shaffof ishlash modeli va tushunarli tartibga solish maqomini anglatadi.
CityPay kripto-hamyoni foydalanuvchilarga yordam beradi:
kripto-aktivlarni sotib olish,
ularni sotish,
saqlash,
oʻtkazmalarni qabul qilish,
boshqa foydalanuvchilarga kripto-aktivlarni yuborish.
Bu foydalanuvchilar uchun nimani anglatadi
Tartibga solinadigan bozor va litsenziyalangan servislarning paydo boʻlishi – mamlakat raqamli iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim bosqichidir.
Bu foydalanuvchilarga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
kripto-aktivlar bilan qonuniy ishlash,
rasmiy servislardan foydalanish,
bozor qanday tashkil etilganligini tushunish

