MChJ shaklidagi «City Pay Gate» Qo’shma korxonasi
1. Umumiy qoidalar
1.1. Ushbu cookie fayllaridan foydalanish Siyosati (keyingi o‘rinlarda - «Siyosat») https://citypay.uz/ manzilida joylashtirilgan MChJ shaklidagi “City Pay Gate” Qo’shma korxonasining rasmiy veb-saytiga (keyingi o‘rinlarda - «Sayt») tashrif buyurilganda cookie fayllaridan foydalanish tartibini belgilaydi.
1.2. Ushbu Siyosat O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, jumladan, “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, joylashgan yeridan qat’iy nazar Saytning barcha foydalanuvchilariga nisbatan qo’llaniladi.
1.3. Saytdan foydalanar ekan, Foydalanuvchi ushbu Siyosat bilan tanishganligini tasdiqlaydi va ushbu Siyosatda ko’zda tutilgan tartib va shartlar asosida cookie fayllaridan foydalanishga rozilik bildiradi.
2. cookie fayllari nima?
2.1. cookie fayllari - bu harflar va raqamlardan iborat kichik hajmdagi matnli fayllar bo‘lib, Foydalanuvchi Saytga kirganida uning qurilmasida (kompyuter, smartfon, planshet) saqlanadi.
2.2. cookie fayllari quyidagi imkoniyatlarni beradi:
Saytning to‘g‘ri ishlashini ta’minlash;
foydalanuvchi sozlamalarini saqlab qolish;
tashriflar statistikasini tahlil qilish va Sayt funksionalligini yaxshilash;
axborot xavfsizligini ta’minlash va ruxsatsiz kirishning oldini olish.
2.3. cookie fayllari dasturiy kodni o‘z ichiga olmaydi, Foydalanuvchi qurilmasiga kirish imkonini bermaydi va qonuniy asoslarsiz shaxsni aniqlashtirish uchun foydalanilmaydi.
3. Foydalaniladigan cookie fayllari turlari
Saytda quyidagi turdagi cookie fayllaridan foydalanilishi mumkin: Quyidagi jadvalda Saytda foydalanish mumkin bo'lgan cookie-fayllar ro'yxati, ularning maqsadi, toifasi, amal qilish muddati, turi, shuningdek ularni qayta ishlovchi shaxslar keltirilgan.
Ko’rsatilgan ro‘yxat foydalaniladigan texnologiyalar va servis xizmatlari o‘zgarishi bilan yangilanib borilishi mumkin, bunda amaldagi versiya har doim Saytda mavjud bo‘ladi.
3.1. Mutlaqo zarur cookie fayllar Saytning asosiy ishlash qobiliyati va uning funksiyalarini ta'minlash uchun foydalaniladi, shu jumladan:
Sayt bo‘ylab navigatsiya;
himoyalangan bo‘limlarga kirish;
sahifalarning to‘g‘ri yuklanishi;
xavfsizlikni ta’minlash.
cookie fayllari ma’lumotlarini o‘chirish Saytning noto’g’ri ishlashiga olib kelishi mumkin.
3.2. Tahliliy va ekspluatatsion cookie fayllar Quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Saytga tashriflar statistikasi tahlili;
foydalanuvchilar sonini aniqlash;
Saytdagi foydalanuvchilarning xulq-atvorini baholash;
Sayt tuzilmasi, interfeysi va kontentini yaxshilash.
Ushbu cookie fayllar shaxsiylashtirilmagan statistik ma’lumotlarni olish imkonini beradi.
3.3. Uchinchi shaxs cookie fayllari Saytda tahliliy va texnologiyani qo'llab-quvvatlash xizmatlarini taqdim etuvchi uchinchi shaxslar tomonidan o'rnatilgan, shu jumladan, biroq ular bilan cheklanmagan holda quyidagi cookie-fayllardan foydalanish mumkin:
Google Inc.;
Meta Platforms Inc. (Facebook).
MChJ shaklidagi “City Pay Gate” Qo’shma korxonasi uchinchi shaxslar tomonidan ko’rsatilgan cookie fayllarning qayta ishlash tartibini nazorat qilmaydi. Ularni qayta ishlash bunday shaxslarning shaxsiy maxfiylik siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi.
4. cookie fayllarni boshqarish
4.1. Foydalanuvchi cookie fayllaridan foydalanishni quyidagi usullar bilan mustaqil boshqarishga haqlidir:
Sayt interfeysi orqali (banner yoki boshqaruv paneli mavjud bo‘lganda);
o’z brauzeri sozlamalarini o‘zgartirish yo’li bilan.
4.2. Aksariyat brauzerlar quyidagilarga imkon beradi:
Saqlanib qolgan cookie fayllarni ko‘rib chiqish;
cookie fayllarni bloklash yoki o‘chirib tashlash;
cookie fayllaridan foydalanilganda bildirishnoma olish.
cookie-fayllarni boshqarish bo'yicha yo’riqnomalar quyidagi brauzerlar uchun mavjud:
Google Chrome
Microsoft Edge
Mozilla Firefox
Opera
Apple Safari
