Har qanday kriptotransaksiyani yuborishdan oldin qabul qiluvchi manzilining to‘g‘riligini tekshirish - 100% sizning javobgarligingizdir.
Muhim ma’lumot:
Har bir kripto manzil muayyan hamyon va tarmoqqa xos bo‘ladi (masalan, TRON, TON yoki Bitcoin).
Agar siz mablag‘ni noto‘g‘ri manzilga yoki noto‘g‘ri tarmoqqa yuborsangiz, bu mablag‘ orqaga qaytarilmaydi va tiklab bo‘lmaydi - hatto CityPay tomonidan ham.
Tranzaksiyani tasdiqlashdan oldin manzil va tarmoqni diqqat bilan tekshirib chiqing.
Tavsiya qilamiz:
Manzilni nusxalab qo‘ying, qo‘lda yozmang.
Manzilning birinchi va oxirgi belgilarini tekshiring.
Tarmoqning to‘g‘riligiga ishonch hosil qiling (masalan, TRC20 → TRC20).
⚠️ CityPay blokcheynda tasdiqlangan tranzaksiyani bekor qila olmaydi yoki qaytara olmaydi. Shuning uchun yuborishdan oldin hammasini ehtiyotkorlik bilan tekshiring.
