К основному содержимому

Umumiy portfel balansi nimani anglatadi va u qanday hisoblanadi?

Обновлено на этой неделе

Umumiy portfel balansi

Barcha kripto-hamyonlaringiz qiymatining yig‘indisi bo‘lib, boshqaruv panelining yuqori qismida ko‘rsatiladi.

Qanday hisoblanadi?

  • Tizim har bir kripto aktiv balansini avtomatik ravishda milliy valyutaga - O‘zbekiston so‘miga (UZS) konvertatsiya qiladi.

  • Shundan so‘ng barcha aktivlaringiz summasi jamlanadi va umumiy balansingiz ko‘rsatiladi. Natijada sizda mavjud bo‘lgan aktivlarning umumiy hajmini UZS ekvivalentida ko‘rasiz.

Nega bu muhim?

  • Sizga endi qo‘lda hisob-kitob qilish yoki kurslarni tekshirib turish shart emas.

  • Istalgan paytda aktivlaringizning umumiy qiymatini tezda bilib olishingiz mumkin.

  • Balans milliy valyutada (UZS) ko‘rsatiladi, bu kripto-aktivlaringizni baholashni ancha soddalashtiradi.

⚠️ Umumiy balans real vaqt rejimida o‘zgarib turishi mumkin, chunki kripto-aktivlar qiymati bozor narxiga bog‘liq. Tizimdagi ma’lumotlar dinamik yangilanadi va ayni damdagi amaldagi valyuta kursiga tayanadi.

Нашли ответ на свой вопрос?